20-avgust kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Ozarbayjon va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
Ozarbayjon — O‘zbekiston o‘yini Boku shahridagi Bakcell Arena stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Terma jamoalar o‘rtasidagi bahsni Georgiy Vadachkariya boshchiligidagi gruziyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-avgust kuni Toshkentda yig‘iladi va to‘rt kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng, 19-avgust kuni Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish uchun Boku shahriga jo‘nab ketadi.
Ozarbayjon — O‘zbekiston
Hakam: Georgiy Vadachkoriya
Referi assistentlari: Levan Varamishvili, Levan Todria
Izoh (0)