UZTE kompaniyasi Ucell bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan yozgi aksiyasi doirasida sotilayotgan mobil telefonlari narxlarini arzonlashtirdi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
UZTE'ning ko‘pchilik telefonlari narxi 100 ming so‘mgacha arzonlashtirilgan. Quyida keltirilgan suratda barcha qurilmalarning yangi narxlarini ko‘rishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu aksiyada sotib olingan telefon uchun Ucell aloqa operatori 3 oy davomida har oy 200 megabaytdan Internet-bonuslarini taqdim etadi.
Izoh (0)