Toshkent hayvonot bog‘iga bitta erkak va ikkita urg‘ochi bug‘u keltirildi. Ular lamalar yonidagi maydonchaga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i ma’lumotiga asoslanib, Gazeta.uz xabar berdi.
Hayvonlar birinchi ikki kun biroz yotsiradi, uchinchi kun ehtiyotkorlik bilan to‘siqqa yaqinlasha boshladi.
Bug‘ular nazokat va tezlik ramzlari hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishidan ular o‘zlaridan ikki maydoncha keyindagi olachipor kiyiklarga o‘xshaydi. Biroq tanasining yon qismidagi oq chiziqlar va shoxining shakli bug‘ularni kiyiklardan ajratib turadi.
Bug‘ular o‘zlari dastlab tarqalgan joyda hozirda noyob hayvonga aylangan. O‘tgan asr boshida u Shimoliy Afrika va Yevropaning janubida yo‘qolib ketdi. Osiyo mintaqasida ham bug‘ularning mazkur turi ancha kamayib ketgan. Hozirda ularni faqat hayvonot bog‘lari va qo‘riqxonalarda uchratish mumkin.
Izoh (0)