Shimoliy Koreya ayollari o‘rtasida baland poshna kiyish urfga kirib, tagi tekis oyoq kiyimlarni xarid qilish kamayib bormoqda. Bu haqda Choson Sinbo gazetasiga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, baland poshna kiyishni urfga KXDR yetakchisining turmush o‘rtog‘i, “Moranbon” ayollar ansambli qatnashchisi Li Sol Chju olib kirgan.
1-sonli Pxenyan univermagi xodimlarining aytishicha, so‘nggi vaqtlarda shimoliy koreyalik ayollar ko‘proq baland poshna va vajohatli platforma sotib olmoqda.
“Ayollar balandligi besh santimetrdan past bo‘lgan oyoq kiyimlarni rad etmoqda”, — deydi poyafzal ishlab chiqaruvchi Potonggang Shoe Factory kompaniyasining ish yurituvchisi Ri Mi Ok. Kompaniyaning ta‘kidlashicha, hattoki erkaklar, ayniqsa, yosh yigitlar ham baland poshnali uchli oyoq kiyimlarni ma’qul ko‘rmoqda. Bunday turdagi oyoq kiyimlarni mamlakatning sobiq rahbari Kim Chen Ir o‘zining past bo‘yini berkitish uchun kiyar edi.
Ayrim kishilar bunday urf sotsializmga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlamoqda. Biroq ayollar baland poshnani “hatto mamlakat rahbarining turmush o‘rtog‘i ham kiyayotgani”ni aytib, ayblovlarni rad etmoqda.
Izoh (0)