2014-yil 6-avgust kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ummon Sultonligida tashkil etiladigan to‘rt tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Maskat shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvda O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Ummon transport koridorini tuzish borasida fikr almashiladi.
Izoh (0)