Sitsiliya mafiyasinig yosh avlod vakillari Facebook ijtimoiy tarmog‘idan soxta nomlar bilan ro‘yxatdan o‘tib, o‘zining boyligi va shon-shuhratini ko‘z-ko‘z qiladigan suratlarni joylamoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Cosa Nostra mafiya oilasi yoshlari oila sirini saqlash borasidagi qadriyatlarga ahamiyat bermay, o‘zlarining qimmatbaho diskoteka, restoran va sohildagi rasmlarini Facebook, WhatsApp kabilar orqali omma bilan bo‘lishmoqda.
Xususan, Palermo shahrida istiqomat qiluvchi mafiya vakili Facebook’da Domeniko Palatsotto nomi bilan ro‘yxatdan o‘tib, o‘zining sahifasiga yaxta va qimmatbaho avtomobillarda shampan vinosi ichib, turli taomlar tanovul qilayotgan holda tushgan rasmlarini joylagan.
Hozirda politsiya xodimlari mafiya a’zolarini qo‘lga olishda ijtimoiy tarmoqlar yordam berishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Sitsiliya mafiyasining bundan avvalgi avlodi o‘ziga oid barcha ma’lumotlarni sir saqlagan. Bir-biri bilan muloqotga kirishish uchun ham shaxsan uchrashish yoki shifrlangan yozuvlardan foydalanishni ma’qul deb bilgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Sitsiliya shahrida deyarli bir asr avval amalga oshirilgan jinoyat fosh etilib, mafiya faoliyatiga aloqador 95 kishi qo‘lga olingan edi.
Izoh (0)