Boks bo‘yicha o‘smir yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon va Osiyo chempionatlari g‘olibi Bektemir Meliqo‘ziyev II o‘smirlar yozgi olimpiada o‘yinlarining ochilish tantanalarida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib o‘tish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.
Olimpiada o‘yinlari joriy yilning 16—28-avgust kuni Xitoyning Nankin shahrida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev xalqaro maydondagi ilk muvaffaqiyatini 2012-yil Boku shahrida (Ozarboyjon)da Geydar Aliyev kubogi uchun o‘tkazilgan an’anaviy musobaqada qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, u Rossiya, Tailand, Serbiya, Ozarboyjon kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda sovrindorlar safidan o‘rin egallagan.
Eslatib o‘tamiz, 2010-yil Singapurda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘smirlar yozgi olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini stadion uzra olib o‘tish baxtiga charm qo‘lqop ustasi Sardorbek Begaliyev (Toshkent viloyati) sazovor bo‘lgan edi.
Izoh (0)