Braziliyada o‘tgan jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari Xames Rodrigesning transferi Madridning “Real” klubiga taxminan 80 million yevroga tushgan edi. Ushbu sarflangan summaning deyarli yarmi kolumbiyalik futbolchining futbolkalari sotuvidan qaytarib olindi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Euromarketing Sport xabarida aytilishicha, 1-avgust holatiga ko‘ra, 10 kun ichida butun dunyoda 502 mingta futbolka sotib bo‘lingan. Bu kuniga 50 mingta futbolka sotildi, deganidir. Euromarketing Sport rahbari Xerardo Molinaning so‘zlariga ko‘ra, bu futbol atributkalari orasida rekord ko‘rsatkichdir.
Rodrigesning futbolkalari sotuvidan 40 million yevro foyda ko‘rilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan 2013-yilda umumiy hisobda “Real” futbolchilariga tegishli futbolkalar butun dunyo bo‘yicha bir million 450 mingta xarid qilingan. Shulardan taxminan bir millioni Krishtianu Ronaldu ism-sharifi yozilgan futbolkalar hisoblanadi.
Izoh (0)