iPhone 6 displeyida sapfir billuri ishlatilishi va uni pichoq bilan ham qirib bo‘lmasligi taxmin qilinayotgan edi. Biroq Apple gadjetlarida sapfir billuridan foydalangan ilk kompaniya bo‘la olmadi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Displeyida sapfir billuri ishlatilgan ilk smartfon Kyocera kompaniyasining Brigadier smartfoni bo‘ldi. Xabarda ta’kidlanishicha, Brigadier AQShdagi ilk sapfir billuri bilan himoyalangan displeyga ega smartfon bo‘lgan. Ammo dunyodagi ilk shunday smartfon haqida ma’lumot keltirilmagan.
Yangi smartfon silkinish, vibratsiya, bosim, quyosh nuri ta’siri, yuqori yoki past harorat, yomg‘ir, tuz, namlik va suvga cho‘kishga chidamliligi uchun IP-68 sertifikatiga ega.
Brigadier smartfonida 4,5 dyuym, 720×1280 pikselli displey, 1,4 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 400 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 3100 mA·soat quvvatli batareya, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Qurilmaning narxi 400 dollar deb baholangan.
Izoh (0)