Xiaomi kompaniyasining ommabop smartfonlaridan biri Redmi Note o‘z egasining rasm va matnli xabarlarini Xitoy serveriga yuborayotgan bo‘lishi mumkin.
Phonearena.com saytining ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berishicha, gongkonglik Redmi Note foydalanuvchisining smartfoni Xitoy IP manzili bilan bog‘lanayotgan ekan. Buning natijasida esa, uning smartfonidagi surat va matnli xabarlar o‘sha IP-manzilga uzatilmoqda. Bu hol smartfon Wi-Fi’ga ulangan paytda ro‘y bermoqda. Bundan qutilish uchun foydalanuvchi smartfonini proshivka ham qilib ko‘rgan, ammo bu foyda bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Redmi Note smartfoni 5,5 dyuym displey, sakkiz yadroli MediaTek protsessoriga ega va uning narxi 130 dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)