AQSh prezidenti agar muxolifatdagi respublikachilar Kongressda u bilan hamkorlik o‘rnatsa, Obama ularga xo‘jalik bo‘yicha yordam berishga yo‘q demasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Prezident Oq uyda federal soha ishchilarining maoshini oshirish to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘ya turib, Kongress ishchi oilalarga yordam berish borasida Obama bilan ishlashni xohlasa, prezident har doim o‘z joyida bo‘lishini aytdi. “Bundan tashqari, men o‘zim ularning oldiga borib, avtomobilini yuvib beraman, itni aylantiraman”, — dedi AQSh rahbari.
Bundan avvalroq, AQSh vakillar palatasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda vakolatlarini oshirib yuborgani uchun Obamaga qarshi da’vo arizasini berishni ta’minlaydigan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Muxolifat Obamaning o‘z siyosatini yuritishda Kongressni aylanib o‘tib, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilayotganlikda ayblamoqda.
Prezidentga qarshi da’vo arizasi Kongressda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq hozirda u ijobiy natija bermasligi mumkin. Negaki, AQSh Senatini nazorat qiladigan demokratlar respublikachilarni qo‘llamoqchi emas.
So‘nggi vaqtlarda Obama respublikachilar bilan ancha yumshoq ohangda so‘zlashmoqda. Avvalroq, u oppozitsiyaning nima rejalashtirayotgani endi unga qiziq emasligini ma’lum qilgan edi. 11-iyulda esa “Menga endi saylanishning keragi yo‘q, shuning uchun menga buning ahamiyati yo‘q”, — deb aytgan.
Izoh (0)