“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning otasi guvoh sifatida sudga chaqirildi. Bunga futbolchining “Santos”dan “Barselona”ga o‘tish jarayonidagi moliyaviy o‘yinlarda gumon qilinayotgani sabab bo‘ldi, deya xabar beradi Stadion.uz Marca nashriga tayanib.
Sud majlisi 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Sudning iltimosiga ko‘ra, katta Neymar o‘g‘lining shartnomasi va uning “Barselona” klubiga o‘tishi bilan bog‘liq hamma hujjatlarni olib borishi kerak.
Shuningdek, sudga “Barsa”ning moliyaviy direktori Ektor Almela, klub prezidenti Xosep Bartomeu va vitse-prezidenti Xaver Faus ham chaqirilgan.
Ma’lumot uchun, Neymar uchun rasman 57 million yevro (76 million dollar atrofida) to‘langan, bunda “Santos” 17 million yevro (23 million dollarga yaqin) olgan, xolos. Qolgan pullar Neymarning oilasiga tegishli kompaniyaga tekkan.
Bundan tashqari, ushbu transfer sababli klubning avvalgi prezidenti Sandro Rossel soliq to‘lamaganligi uchun iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)