Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida Jo‘rabek turkiyalik Sirri Jan Korkmazni 6-0, 5-7, 6-1, rossiyalik Akshin Mextiyevni 6-0, 6-3 va Nikita Valensevni 6-0, 6-3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa mazkur xalqaro turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Jagatay Sami Soke ustidan (Turkiya) g‘alaba qozondi.
Hal qiluvchi bahsda Jo‘rabek Karimov yana bir o‘zbekistonlik yosh tennischi Humoyun Sultonovga qarshi kortga chiqdi. Ikki o‘zbek tennischisi o‘rtasida kechgan o‘yinda Jo‘rabek 6-3, 7-6 hisobida g‘alaba qozonib, turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)