100 yoshli amerikalik ayolga o‘rta ta’limni yakunlaganlik to‘g‘risidagi attestat topshirildi. Bu haqda ABC News’ga tayanib, Segodnya.ua xabar berdi.
Massachusets shtatida istiqomat qiluvchi Meri Moniz butun umr tarix fanidan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilib kelgan. Bolaligida ikki sinfni yakunlashi Buyuk depressiya vaqtiga to‘g‘ri kelib, u oilasi bilan birga AQShdan Azor orollariga ko‘chib o‘tgan. Ular 1949-yildagina Amerikaga qaytishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qaytgach, Meri o‘qishni davom ettirishga xafsala qilmay, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga ishga joylashgan.
Shu bilan Meri 100 yoshga kirganidagina o‘rta ta’limni yakunlaganlik haqida guvohnoma olishga muvaffaq bo‘ldi. Hujjatni unga Massachusets shtati Davlat ta’limi komissari topshirdi.
Bundan avvalroq xuddi shunday attestat Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi 111 yoshli ayolga topshirilgan edi.
Izoh (0)