AQShning Illinoys shtatida istiqomat qiluvchi Vendi Riboltning uyida yong‘in chiqdi. U qizi bilan yonayotgan uyidan darhol qochib chiqdi. Ammo alanga ichidan telefonini olib chiqish uchun u yana uyiga kirgan va qaytib chiqa olmagan. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Voqea joyiga eng avval politsiyachilar yetib kelgan. Biroq olov kuchli ekanligi bois, ular ayolga yordam bera olmagan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelguncha ayol tutun isidan bo‘g‘ilib, halok bo‘lgan.
Telefonlar hayotimizdan muhim o‘rin egallagan, ularni doim yonimizda olib yuramiz. Ammo ular bir buyum, ularni qayta tiklasa bo‘ladi! Shuning uchun ularni deb hayotimizni havf ostiga qo‘ymaylik.
Izoh (0)