“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Galning fikricha, Moyesdan keyingi jamoa bilan ishlashda unga oson bo‘layotgani yo‘q. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
“Jamoani endi qabul qilganim uchun menga oson bo‘layotgani, agar Fergyusondan keyin qabul qilganimda, qiyinroq bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlarga qo‘shilmayman.
Men ‘Barselona’ni Bobbi Robsondan qabul qilib olganman va uchta sovrin yutib olganman. Agar jamoangiz omadli bo‘lsa, bu juda soz. Hozir esa vayron bo‘lgan jamoani qabul qilib oldim”, — deydi Lui van Gal.
Izoh (0)