Bugun, 30-iyul kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 3-saralash bosqichiga start beriladi. Unda jamoalar o‘z raqiblariga qarshi maydonga chiqadi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Jumladan, Qozog‘istonning “Aktobe” klubi o‘z maydonida Ruminiya grandi hisoblangan "Styaua" bilan kurash olib boradi. Ularni oson bo‘lmagan o‘yin kutmoqda.
Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi bo‘lsa, safarda “AYeL” mehmoni bo‘ladi. Vitaliy Denisovning sobiq jamosi “Dnepr” o‘z uyida “Kopengagen” bilan o‘ynaydi.
3-saralash bosqichi juftliklari:
“Aktobe” (Qozog‘izton) — “Styaua” (Ruminiya)“Karabax” (Ozarbayjon) — “Red Bull Zalsburg” (Avstriya)“XIK” (Finlyandiya) — “APOEL” (Kipr)“AYeL” (Kipr) — “Zenit” (Rossiya)“Dnepr Dp” (Ukraina) — “Kopengagen” (Daniya)“Grassxopper” (Shveysariya) — “Lill” (Fransiya)“Ludogorets” (Bolgariya) — “Partizan B” (Serbiya)“Feyenoord” (Gollandiya) — “Beshiktash” (Turkiya)“Standard” (Belgiya) — “Panatinaikos” (Gretsiya)“Olborg” (Daniya) — “Dinamo Z” (Xorvatiya)“Maribor” (Sloveniya) — “Makkabi” T-A (Isroil)“Legiya” (Polsha) — “Seltik” (Shotlandiya).
Izoh (0)