“Xalq banki” rahbariyati ish boshqaruvchi, kadrlar bo‘limi rahbari va boshqa mas’ul xodimlar bilan birgalikda eski pullar tarqatilgan nafaqaxo‘rlarning xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda nafaqaxo‘rlardan birining ayoli Facebook'dagi “Ijtimoiy nazorat” (“Obshchestvenniy kontrol”) guruhiga joylagan xabariga asoslanib, Uz24 ma’lum qildi.
Bank xodimlari xatolik uchun uzr so‘rab, uning boshqa qaytarilmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, eski pullar muomalada bo‘lgan pullar bilan almashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyul kuni “Xalq banki”ning To‘ytepa (O‘rta Chirchiq) filiali ayrim nafaqaxo‘rlarga eski, muomala uchun yaramaydigan, yo‘q qilinishi zarur bo‘lgan pullarni nafaqa sifatida tarqatgan edi. Ularning barchasida Xalq bankining “Eskirgan” deb yozilgan tamg‘asi, bosma va g‘aznachining familiyasi bo‘lgan.
Izoh (0)