“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares diskvalifikatsiya muddati tugaguniga qadar shaxsiy murabbiyi qo‘l ostida tog‘da mashg‘ulot olib boradi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
FIFA unga to‘rt oy mobaynida futbol bilan shug‘ullanishni, umuman, stadionlarga yaqinlashishni taqiqlab qo‘ygan edi.
Shu sababli u “Barselona” klubi mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmaydi. Shunday bo‘lsa ham, Suares yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mashg‘ulotlarni Pireney tog‘larida shaxsiy murabbiy qo‘l ostida olib borishini ma’lum qildi.
Izoh (0)