Rassom Di Vestriga shoumen Anderson Kuperning portretini chizish uchun 1,5 daqiqa kerak bo‘ldi. Bu haqda “Russkiy portret” nashri xabar berdi.
Tezlikka asoslangan rassomlik harakati asoschisi Di Vestrining ijod mahsullari orasidan vatanparvarlik ruhidagi suratlar va mashhur shaxslarning portretlaridan tortib, korporativ brendlargacha bo‘lgan rasmlarni topish mumkin. Yana bir qiziqarli jihati, Di Vestri asarlarini muxlislar ko‘z o‘ngida “oyog‘ini osmondan” qilib yaratadi.
Ma’lumot uchun, Di Vestri rassomlikni 1970-yillarda boshlagan bo‘lib, hozirga qadar ko’plab mukofotlar bilan taqdirlangan.
Izoh (0)