Gruziyaning Batumi shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Veronika Orlova bronza medali sovrindori bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.
Birinchi marotaba tashkil etilgan mazkur xalqaro turnirda Gruziya, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Latviya, Litva, Rossiya, Belarus, Ukraina va Turkiya davlatidan kelgan 44 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Veronika tayanib sakrash bahsida 13,225 ball jamg‘arib, bronza medali sovrindori bo‘ldi. Ushbu musobaqada ukrainalik Olesya Sazanova 13,45 ball bilan birinchi, 13,425 ball to‘plagan rossiyalik Yuliya Biryuliya ikkinchi o‘rinlarni band etdi.
Eslatib o‘tamiz, Veronika Orlova shu yilning 16-28 avgust kunlari Nankin shahri (Xitoy)da o‘tkaziladigan II o‘smirlar yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Izoh (0)