Qozog‘istonning Taraz shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik ikki nafar erkin kurashchi kumush va bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

Uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Dilshod Mansurov (57 kggacha og‘irlik) finalga qadar kechgan bellashuvlarni g‘alaba bilan yakunlab, kumush medal sovrindori bo‘ldi.

Yana bir tajribali sportchi, qator nufuzli musobaqalar g‘olibi va sovrindori Ixtiyor Navro‘zov (65 kggacha og‘irlik) bronza medali sohibiga aylandi.