Moskvaning “Lokomotiv” klubi mavsum boshlanishi oldidan futbolchilar va muxlislar uchrashuvini tashkil qildi. Marosim yakuniga yetgach, “Sport den za dnyom” nashri xodimlari O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov bilan suhbatlashdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Suhbat davomida Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasining mundialga chiqishga har qachongidan ham yaqinroq bo‘lganini aytib, ikkita gol va bittagina ochko yetishmagani tufayli JCh — 2014’ga chiqa olmaganini qayd etdi.
Terma jamoaning hozirda to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani haqida fikr bildirgan futbolchi 2018-yilgi mundialda O‘zbekiston ishtirok etishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini, bundan avval esa terma jamoada o‘ynashga munosib ekanini isbotlash uchun bor kuchi bilan ishlashini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)