Bugun, 26-iyul kuni Kremenchug shahri meri va “Vorskla” klubi prezidenti Oleg Babayev o‘z uyi yaqinida o‘ldirib ketildi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Klub prezidenti shaxsiy avtomobilida uyidan yo‘lga chiqqan va yaqin atrofdagi axlat qutisiga chiqindilarni tashlashga hozirlangan vaqtida noma’lum kimsa tomonidan otib ketilgan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov o‘tgan mavsumdan e’tiboran “Vorskla” sharafini himoya qilib kelayotgan muhim futbolchilar qatoridan joy olgan. Oleg Babayev kecha klubda yig‘ilish o‘tkazib, jamoa oldiga Yevropa ligasiga yo‘l olish vazifasini qo‘ygan edi.
Izoh (0)