2013-yil dekabrdan joriy yilning iyuniga qadar sun’iy komada yotgan, “Formula-1”da yetti bor chempion bo‘lgan Mixael Shumaxerning ayoli turmush o‘rtog‘ining samolyotini sotmoqchi, deb xabar berdi “RIA Novosti” Bild’ga tayanib.
Falcon 2000EX samolyoti sakkiz nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning korpusiga Shumaxerning ismi va familiyasi bosh harflari yozilgan. Samolyot 20 million yevro (27 million dollar)ga sotiladi. Ma’lumot uchun, yangi samolyotning narxi 25 million yevro (deyarli 34 million dollar)ni tashkil etadi.
Shumaxer 2013-yil 29-dekabrda Fransiyadagi Alp tog‘larida chang‘i uchayotganida boshidan og‘ir jarohat yegan va uzoq vaqt sun’iy koma holatida bo‘lgan. Iyun oyining so‘ngida uning komdan chiqqani va Lozannadagi reabilitatsiya shifoxonasiga olib kelingani haqida xabar tarqaldi. Shundan so‘ng, Shumaxerning ayoli uning ahvoli yaxshilanayotganini ma’lum qildi. Poygachi yoz davomida uyiga qaytishi mumkin.
Izoh (0)