“Real” klubi yangi xarid qilingan yarim himoyachi Xames Rodrigesning nomi tushirilgan futbolkalar sotuvidan yaxshigina daromad ko‘rmoqda. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” o‘rtacha bir soat ichida Rodrigesning 7 187 ta futbolkasini 60 funt (102 dollar)dan sotmoqda.
Jami hisoblanadigan bo‘lsa, “Qirollik klubi” 48 soat ichida 345 mingta futbolka sotuvidan 20,7 million funt (35 million dollardan ko‘proq) mablag‘ topdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Xames Rodrigesni “Monako”dan 80 million yevro (deyarli 108 million dollar)ga xarid qilgandi.
Izoh (0)