23-iyul kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Turkiyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. “Qaldirg‘ochlar”ning Istanbuldagi so‘nggi raqibi Batumining “Dinamo” klubi bo‘ldi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Bu ikki jamoa bungacha ham o‘zaro kuch sinashgan va unda 1:0 hisobida gruziyaliklar g‘alaba qozongandi. Kechagi o‘yinda esa hisob ochilmadi.
24-iyul kechqurun “Bunyodkor” Toshkentga qaytib keldi.
Izoh (0)