23-iyul kuni “Xalq banki”ning To‘ytepa (O‘rta Chirchiq) filiali ayrim nafaqaxo‘rlarga eski, muomala uchun yaramaydigan, yo‘q qilinishi zarur bo‘lgan pullarni nafaqa sifatida tarqatdi. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, muomaladan chiqqan pullarning qiymati yarim million so‘mdan ko‘proqni tashkil etadi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
Tarqatilgan pullarning barchasida Xalq bankining “Eskirgan” deb yozilgan tamg‘asi, bosma va g‘aznachining familiyasi bo‘lgan.
“Xalq banki” vakillari “har kim xato qilishi”ni aytib, bir kun avval g‘azna bo‘limida xodimlar pullarni qayta hisoblashda adashib ketganini ma’lum qildi. Ular pulni bergan xodimning boshqa bo‘limga o‘tkazilganini ta’kidladi.
Shuningdek, bank xodimlari foydalanish uchun berilgan pullarning yarmi o‘zgartirilganini ham aytib o‘tdi.
Izoh (0)