“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares diskvalifikatsiya muddati yakuniga yetmasa ham “Real”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsum taqvimiga ko‘ra, “Real” va “Barselona” taxminan 25 yoki 26-oktabrda o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Madridda bo‘lib o‘tadi.
Agarda uchrashuv 26-oktabrda bo‘lsa, Luis Suares bu o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Chunki uning diskvalifikatsiyasi 25-iyunda boshlangan va 25-oktabrda yakuniga yetadi.
Bundan tashqari, Lozannadagi arbitraj sudi Luis Suaresning diskalifikatsiyasi muddatini kamaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyadagi JCh — 2014 vaqtida Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kyellinini tishlab olgani uchun, FIFA Suaresni to‘rt oyga futboldan chetlatdi.
Izoh (0)