TransAsia aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyot Tayvanning Penxu arxipelagida favqulodda qo‘nayotganida halokatga uchradi. Bu haqda People’s Daily China nashriga asoslanib, “Vesti” xabar berdi.

TransAsia aviakompaniyasi samolyoti. Foto: aerospace-technology.com

TransAsia aviakompaniyasi samolyoti. Foto: aerospace-technology.com

Aniqlanishicha, samolyot bortida 58 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. Aviahalokat natijasida 51 kishi halok bo‘lgan, yetti nafari jarohatlangan.

Halokatga uchragan samolyot o‘rta magistralli ikki motorli ATR-72 bo‘lib, 74 nafargacha yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot turar joy binolari ustiga qulagan, deyiladi “Interfaks” axborotida