22-iyul Toshkentning “Jar” o‘yingohida O‘zbekiston terma jamoasi va “Navbahor” o‘rtasida o‘zaro nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qosimov shogirdlari 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida “Navbahor” safida ko‘rikdan o‘tayotgan ukrainalik hujumchi Ruslan Kachur hisobni ochgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, “Metallurg” futbolchisi Shahzodbek Nurmatov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda Qosimov shogirdlari raqib darvozaga javobsiz to‘rtta to‘p yo‘lladi. Navruzbek Olimov dublga erishgan bo‘lsa, Alibobo Rahmatullayev o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Yana bir gol esa “Navbahor” himoyachisi nomiga avtogol tarzida yozib qo‘yildi.
O‘zbekiston terma jamoasi — “Navbahor” (nazorat o‘yini)
Gollar: Shahzod Nurmatov (15), Navruz Olimov (51, 84), Akbar Sattayev (58 avtogol), Alibobo Rahmatullayev (69) — Kachur (12)
O‘zbekiston (asosiy tarkib): Eldor Suyunov, Yegor Krimets, Javlon Mirabdullayev, Dilshod Jo‘rayev, Sardor Rashidov, Vladimir Kozak, Azamat Isroilov, Akbar Ismatullayev, Shahzod Nurmatov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeyev.
“Navbahor”: Doniyor Usmonov, Yuriy Rijko, Bobur Akbarov, Rahmatullo Berdimurodov, A’zam Aliyev, Toxir Shamshitdinov, Otabek Valijonov, Dilshod Jabborov, Baxtiyor Yoqubov, Aleksandr Koblash, Ruslan Kachur.
Zaxiradan tushganlar: Xurshid Xo‘jayev, Omon-Biik Xalilov, Akbar Sattayev, Robbim Hasanov, Alisher Samatov, Ilhom Boydedayev, Alisher Mahmudov, Elyor Jahonov, Mansur Saidov
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur yig‘in doirasida “Olmaliq”, “Metallurg” va “Paxtakor” klublari bilan ham nazorat o‘yinlarini o‘tkazadi.
Izoh (0)