Xitoy hukumati O‘zbekistonga o‘pkani sun’iy ravishda ventilyatsiya qiluvchi 160 qurilmani bepul taqdim etadi. Bu haqda “Anhor” xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 190-sonli Qarorida qayd etilganidek, loyiha doirasida O‘zbekistonga yana 500 ta kompressor beriladi. Bu qurilma va kompressorlar O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga topshiriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, loyiha borasida o‘zaro kelishuvga erishilgan bo‘lib, hozirda u ishlab chiqilmoqda. Loyihani moliyalashtirish uchun Xitoy hukumati ikki million dollar ajratadi.
Izoh (0)