“Paxtakor” futbol akademiyasi Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida o‘z bo‘limi faoliyatini ishga tushirdi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
Klub sport direktori Grigoriy Seytlin, akademiya direktori o‘rinbosari Valeriy Borodavkin va Quvasoy shahar 1-sonli BO‘SM futbol murabbiyi Akbar Siddiqov bo‘limning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.
Quvasoydagi maktabda barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar ixtiyoriga katta va kichik tabiiy chimli futbol maydonlari, yopiq zal, basseyn, trenajyor zali va sauna topshirildi.
Ayni paytda maktab murabbiylari uch yosh guruh toifasidagi 48 nafar tarbiyalanuvchiga futbol saboqlarini bermoqda. Tarbiyalanuvchilar va guruhlar soni o‘sishi kutilmoqda.
“Paxtakor” akademiyasi murabbiylari vaqti-vaqti bilan Quvasoyga tashrif buyurib, kerakli maslahatlarni berib boradi. Tarbiyalanuvchilar zarur sport liboslari bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)