Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasining Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh — 2014’dagi muvaffaqiyatiga bag‘ishlab, nemis fermerlari umumiy maydoni 18 ming kvadrat metr bo‘lgan labirint tayyorladi. Bu haqda FIFA rasmiy saytiga tayanib, Uff.uz xabar berdi.
Labirint Braziliya bayrog‘i fonida “qaychi uslubi” bilan to‘pga zarba berayotgan futbolchi tasviri va “WM 2014” (nemis tilida — “JCh — 2014”) yozuvidan iborat.
Labirintning yuqori qismida JCh — 2014’da 1—3-o‘rinlarni egallagan terma jamoalar — Germaniya, Argentina va Gollandiyaning o‘rniga yarasha kichrayib borgan bayroqlarini ko‘rish mumkin.
Fermerlar Uli va Korin Ernst o‘zlarining ushbu labirintlarini Bavariya o‘lkasining Utting dalalarida qurib bitkazdi. Labirintga sentabr oxiridan kirish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)