Apple kompaniyasi kuzda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 6 smartfonini rekord darajada sotishni rejalashtiryapti. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniya boshlang‘ich sotuvlar uchun 70—80 million dona iPhone 6 smartfonining ikki xil: 4,7 va 5,5 dyuymli turlarini ishlab chiqarishni buyurtma qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Apple o‘tgan yil birinchi marta birdaniga ikki xil turdagi: iPhone 5s va iPhone 5c smartfonlarini taqdim etgan edi. O‘shanda kompaniya ilk sotuv uchun 50—60 million dona qurilma buyurtma qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Foxconn va Pegatron kompaniyalari keyingi oydan yuqori suratda iPhone 6 smartfonining 4,7 dyuymli turini ishlab chiqarishni boshlaydi. 5,5 dyuymli smartfonni ishlab chiqarish esa sentabrda boshlanadi va bu ishni faqat Foxconn amalga oshiradi.
Izoh (0)