O‘zbekiston va Ummon sultonligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasini qurish loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Anhor” xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 190-sonli Qarorida qayd etilganidek, loyiha qurilish va montaj ishlarining Ummon sultonligi tomonidan qoplanishini ko‘zda tutadi. Loyihaga 15 million dollar ajratiladi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha borasida o‘zaro kelishuvga erishilgan; hozirda u ishlab chiqilmoqda.
Izoh (0)