Dunyodagi ilk gologrammali – video va suratlarni 3D holatda ko‘rsata oladigan Takee 1 smartfoni ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Shu paytgacha gologrammali smartfonlar ishlab chiqarilmagan. Lekin bunday loyihalarni olg‘a surganlar ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, Takee 1 smartfoni ham ilk gologrammali smartfon konsepti emas. Agar u ishlab chiqarilsa, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lishi aniq.
Takee 1 smartfoni 5,5 dyuymli bo‘lishi va unda sakkiz yadroli MediaTek protsessori, 2 Gb tezkor xotira, 13 megapikselli kamera o‘rnatilishi mumkin. Batareyasining quvvati esa 2500 mA·soatni tashkil etadi.
Smartfon oq va qora rangdlarda bo‘ladi. Shuningdek, uning 18 karat oltin bilan ishlov berilgan cheklangan miqdordagi turi ham ishlab chiqariladi.
Izoh (0)