Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning nimchorak final bosqichida Urugvay darvozasiga kiritgan goli musobaqaning eng chiroyli goli, deb topildi. Bu haqida FIFA saytiga asoslanib, Uff.uz xabar berdi.
Rodrigesning goliga FIFA saytining milliondan ortiq foydalanuvchisi ovoz bergan. Xames bunday e’tirofga sazovor bo‘lgan uchinchi janubiy amerikalik futbolchi bo‘ldi.
Ungacha 2006-yil argentinalik Maksi Rodriges va 2010-yil urugvaylik Diyego Forlanlarning goli eng chiroyli gol sifatida e’tirof etilgandi.
Izoh (0)