Kuzda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 6 smartfoni haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi. Ammo uning kamerasi haqida deyarli hech narsa aytilmadi, deb yozadi Techtimes.com sayti.
Gforgames sayti tarqatgan ma’lumotlariga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, iPhone 6 smartfonining kamerasi 13 megapikselli bo‘ladi. iPhone 5s uchun esa 8 megapikseli kamera ishatilgan edi.
iPhone 6’ning 13 megapikselli kamerasi uchun Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sony Exmor IMX220 kamera sensori ishlatiladi. Uning yordamida yangi asr video tasvirlari deb qaralayotgan 4K darajadagi videolarni suratga olish mumkin.
Shuningdek, Sony o‘zining shu yil taqdim etilishi kutilayotgan Xperia Z3 smartfonida ham shunday kamera sensoridan foydalanmoqchi.
Izoh (0)