The New York Times gazetasi yangiliklar agregatori bo‘lgan Vellum saytini taqdim etdi. Bu haqda Lifehacker sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Vellum saytiga Twitter’dagi profilingiz orqali a’zo bo‘lasiz va u siz o‘qiydigan akkauntlarning Twitter’ga joylagan linklaridan yangiliklar lentasini hosil qilib beradi.
Vellum saytidan manbaning sarlavhasi va u haqidagi qisqacha ma’lumotni o‘qish mumkin. Xabarning davomi esa link olingan saytga o‘tib o‘qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Daryo” nashri ham “Tomchi” nomli yangiliklar agregatorini ishga tushirgan.
Izoh (0)