Microsoft-Nokia kompaniyasi McLaren nomli 3D flagman smartfonini ishlab chiqarmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
McLaren smartfoni Windows Phone operatsion tizimida ishlashi, uning displeyiga qo‘l tekkizilmasdan ishlatilishi va bu qurilma kuzda taqdim etilishi haqida xabar berilgan edi.
Bu texnologiya 3D Touch loyihasi deb nomlanadi va uning ustida Nokia xodimlari bir necha yildan buyon izlanishlar olib borayotgan edi. McLaren smartfonining ishlab chiqarilmasligi haqidagi xabar Microsoft-Nokia bunday turdagi smartfonni kelajakda ishlab chiqarmaydi degani emas.
18 mingta ishchini ishdan bo‘shatayotgan va Nokia X lineykasidagi smartfonlarni Android’dan Windows Phone operatsion tizimiga o‘tkazayotgan kompaniya rahbari Satya Nadellaning kelajak rejalari orasida 3D Touch texnologiyasidan ham yaxshiroqlari bo‘lishi mumkin :)
Izoh (0)