Futbol bo‘yicha jahon chempionatining kubogiga Braziliyada Germaniyaning g‘alabasini nishonlash vaqtida zarar yetdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Germaniya futbol ittifoqi rahbari Volfgang Nirsbaxning so‘zlariga ko‘ra, kubokning bir qismi sinib tushgan. Uning mutaxassislar tomonidan qayta tiklanishi ma’lum qilindi.
Kubokga kim zarar yetkazganini aniqlashning esa iloji bo‘lmadi.
Ma’lumot uchun, FIFA qoidalariga ko‘ra, haqiqiy kubok tashkilot binosida saqlanadi. JCh g‘oliblariga esa uning nusxasi topshiriladi.
Izoh (0)