Samsung kompaniyasining 200 nafarga yaqin menejerlari o‘z xohishlari bilan yaqinda olgan ustama maoshlarining chorak qismini kompaniyaga qaytardi. Bu haqda The Verge nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniya 2014-yilning ikkinchi choragida yaxshi natija qayd etmagan va kutilgan foyda ko‘rmagan. Shu sababli yaxshi ish faoliyati uchun ustama bilan taqdirlangan xodimlar tomonidan 2,92 million dollar kompaniyaga qaytarib berilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bunday holatlar Janubiy Koreya kompaniyalarida birinchi marta qayd etilayotgani yo‘q.
Izoh (0)