Ukrainaning BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Yuriy Sergeyev bugun, 18-iyul kuni Malaysia Airlines samolyoti halokatiga Rossiyaning daxldorligini isbotlovchi dalillarni keltirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Segodnya.ua.
“Ukraina ‘Boing-777’ samolyoti halokatida Rossiyaning harbiy daxldorligiga doir dalillarni taqdim etadi. Bu jinoyat har tomonlama o‘rganib chiqilishi kerak”, — deb yozdi u o‘zining Twitter’ida.
Bugun, 18-iyul kuniб Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibiga ikki muhim masala: Rossiyaning Sharqiy Ukrainaga aralashuvi va samolyot halokati masalalari qo‘yilgan.
Izoh (0)