Ukraina sharqida jangovar harakatlarni olib borayotgan harbiylar oilasi Kiyevdagi prezident ma’muriyati binosi oldida miting o‘tkazdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Namoyishchilar hukumatdan ayni damda Lugansk viloyatida ayirmachilar tomonidan qurshab olingan 72-mexanizatsiyalashgan guruh harbiylarini qutqarish choralarini ko‘rishni talab qildi.
Qurshovda qolgan harbiylar oila a’zolari bilan telefon orqali bog‘lanmoqda. Harbiylar yonilg‘i va oziq-ovqat kam qolganini aytib, artilleriya hujumiga tayyor bo‘lib turish kerakligi haqida xabar bergan.
Namoyishchilarni tinchlantirish uchun prezident ma’muriyati vakili chiqib, muammoni hal qilish choralari o‘ylab ko‘rilayotganini aytdi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hammasi bo‘lib uchta harbiy brigada ayirmachilar tomonidan qurshab olingan.
Izoh (0)