Ispaniyaning Pamplona shahrida o‘tkazilgan festival ishtirokchisi buqalar bilan yugurish chog‘ida selfi’ga tushgani uchun 3000 yevro (4100 dollar) miqdorida jarima to‘laydi. Bu haqda International Business Times xabar berdi.
6—14-iyul kunlari o‘tkazilgan “San-Fermin” festivali doirasida ensyerro — shahar ko‘chalarida an’anaviy buqalar bilan yugurish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival tashkilotchilari xavfsizlik nuqtai nazaridan qatnashchilarga yugurish vaqtida rasm va videoga olishni taqiqladi.
Buyuk Britaniyadan kelgan ishtirokchi esa belgilangan qoidaga rioya qilmay, suratga tushdi va 3000 yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, yana bir qatnashchiga ham ensyerro vaqtida videoga olgani uchun jarima belgilandi.
Izoh (0)