Toza oltindan ishlangan bolalar belanchagi Dubayda sotuvga qo‘yildi. Ushbu belanchakning narxi 16,3 million dollarni tashkil etadi, deb yozadi “RIA Novosti” Arabian Business ma’lumotiga asoslanib.
188 kilogramm og‘irlikka ega bo‘lgan belanchak Dubayda o‘z savdo butigini ochmoqchi bo‘lgan Ispaniyaning Suommo hashamatli bolalar mebellarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan yasalgan.
Shuningdek, Dubayda 18 karatli tilladan ishlangan bolalar idishlari ham sotuvga qo‘yilib, ular 40 mingdan 136 ming dollargacha narxda sotilmoqda.
Izoh (0)