Samsung kompaniyasi yaqin oylar ichida Galaxy Alpha deb nomlangan yangi falgman smartfonini taqdim etishi mumkin. U kuzda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 6 smartfoniga raqobatdosh bo‘ladi. Bu haqda BGR.com sayti xabar berdi.
Galaxy Alpha yaqinda ishlab chiqarilishi xabar berilgan Galaxy F flagmanining boshqa nomi bo‘lishi ham mumkin. Yangi flagman smartfon metal korpusga ega bo‘lishi xabar qilingan.
The Korean Herald nashrida yozilishicha, Galaxy Alpha’da 4,7 dyuymli Super AMOLED displey va Exynos 5 Octa chipi o‘rnatiladi va smartfon 6 mm qalinlikda bo‘ladi. Mail.Ru xabariga ko‘ra, Galaxy Alpha smartfoni 13-avgustda taqdim etilishi mumkin.
Izoh (0)