14-iyuldan 15-iyulga o‘tar kechasi Angren shahridagi ikki qavatli supermarket binosida yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in soat tungi 01:00 atrofida boshlangani taxmin qilinmoqda. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Shahar o‘t o‘chirish boshqarmasining ma’lum qilishicha, bozor hududida joylashgan savdo nuqtasi yonayotgani haqidagi xabar 15-iyul soat 01:10 da qo‘ng‘iroq orqali berilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga tezlikda bir nechta o‘t o‘chirish mashinasi yuborilgan.
320 kvadrat metrlik hududni qamrab olgan yong‘in darajasi e’tiborga olinib, qo‘shimcha yordam chaqirildi. Yong‘in jami 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi yordamida o‘chirildi. Jabrlanganlar qayd etilmadi.
Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u supermarket yonidagi novvoyxona binosidan o‘tgan.
Izoh (0)