Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” dialogining tashqi ishlar vazirlari doirasidagi V kengashida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy sayti xabar berdi.
Kengash 2014-yil 16-iyul kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yaponiyaning tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvining kun tartibida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)